Restoran sayti va mehmon ilovasi

Mehmonlaringiz to'g'ridan-to'g'ri sizdan buyurtma bersin

Menyu, yetkazib berish, olib ketish, bron va onlayn to'lov — restoraningizning o'z saytida. Menyu laCafe panelidan jonli olinadi, buyurtma kassaga tushadi, mehmon esa keshbek va sovg'alar bilan qaytib keladi.

Sayt telefonda ham, kompyuterda ham ishlaydi — mehmon hech narsa o'rnatmasdan buyurtma beradi.

laGuest bosh sahifasi: yetkazib berish, olib ketish va zalda tanlovi, storiylar
laGuest menyusi: bo'limlar, taomlar rasmi va narxi
Bitta sayt — to'rt xizmat

Mehmon qanday xohlasa, shunday buyurtma beradi

Har filial uchun xizmatlarni alohida yoqasiz. Yetkazish hududi va narxi, ish vaqti va vaqtincha yopilish ham filial bo'yicha.

Yetkazib berishManzil xaritadan, hudud bo'yicha narx va oldindan buyurtma vaqti.
Olib ketishOldindan buyurtma qilib, navbatsiz olib ketadi — chegirma berish mumkin.
ZaldaStoldagi QR kod orqali buyurtma — laQR ilovasi bilan birga.
Stol bronFilial, sana, vaqt va mehmonlar soni — so'rov panelga tushadi.
Imkoniyatlar

Agregator komissiyasisiz o'z savdo kanalingiz

laGuest laCafe ekotizimining bir qismi: menyu, mijozlar bazasi, marketing va kassa bilan allaqachon bog'langan. Alohida kiritish va sinxronlash shart emas.

Jonli menyu

Bo'limlar, taomlar, modifikatorlar va stop-list laCafe panelidan olinadi. Narxni bir joyda o'zgartirasiz — sayt o'zi yangilanadi.

Onlayn to'lov

Naqd yoki onlayn: Payme, Click, Uzum va WLCM. Mehmonga qaysi hisoblarni taklif qilishni o'zingiz tanlaysiz.

Mehmon kabineti

SMS kod bilan kirish, parolsiz. Buyurtmalar tarixi, saqlangan manzillar, keshbek, referal va sovg'alar.

Marketing

Storiylar, bannerlar, popup'lar va tadbirlar afishasi — hammasi laCafe panelidan boshqariladi.

Brendlar va filiallar

Bir nechta brend va filial bitta saytda. Har brendning o'z menyusi va sahifasi.

O'z domeningiz, 3 til

restoran.uz kabi manzil TXT yozuvi bilan ulanadi. Sayt o'zbek, rus va ingliz tillarida.

Mehmon ko'radigan ekran

Tanlashdan to'lovgacha — bir necha bosishda

  • Katta rasm, tarkib va qo'shimchalar taom oynasining o'zida
  • Taomga izoh: «achchiq bo'lmasin», «piyozsiz»
  • Tugagan taom stop-list bo'yicha avtomatik yashirinadi
  • Buyurtma holati jonli: qabul qilindi, tayyorlanmoqda, yo'lda
  • Restoran logotipi, ranglari va storiylari bilan o'z uslubingizda
laGuest taom oynasi: katta rasm, tarkibi va savatga qo'shish
laGuest savati: izoh bilan taomlar va jami summa
Sayt va ilova

Mehmon qayerda bo'lsa, siz o'shayerdasiz

Asosiy kanal — sayt: havolani Instagram, Telegram yoki Google Maps'ga qo'yasiz. Istasangiz, brendingiz nomi bilan iOS ilova ham chiqaramiz.

Mehmon sayti

Istalgan telefon va kompyuterda ochiladi. Telefon ekraniga qo'shilsa ilovadek ishlaydi.

Chrome · Safari{sayt}.guest.laapp.uz yoki o'z domen

laGuest iPhone'da

App Store'dagi laGuest ilovasi — mehmon ko'radigan interfeysni o'zingiz sinab ko'ring: menyu, savat, buyurtma.

iOS 17+iPhone

O'z brendingiz ilovasi

Restoran nomi, ikonkasi va ranglari bilan App Store'da alohida ilova. Kod bitta — sayt bilan bir xil menyu va kabinet.

App Storeso'rov bo'yicha
laCafe ilovalar do'koni

Restoraningizga o'rnating

laGuest saytlari laCafe ilovalar do'konidagi laGuestWeb ilovasi orqali ishlaydi. O'rnatgach, menyu, filiallar va mijozlar laCafe panelidan olinadi.

  1. laCafe paneliga kiringHisobingiz bo'lmasa — lacafe.uz orqali ulaning.
  2. Ilovalar do'koni → laGuestWeb → O'rnatishIlova restoraningiz menyusi va filiallariga bir bosishda ulanadi.
  3. Saytni yaratingSozlamalarda sayt nomi, xizmatlar, to'lov usullari va domenni belgilaysiz — havola tayyor.

Ko'p beriladigan savollar

Buyurtma qayerga tushadi?

laCafe'ga: operator panelida ko'rinadi va kassa ulangan bo'lsa (iiko, Poster va boshqalar) o'sha yerga ham yuboriladi. Kuryer va dispetcher ilovalari ham shu buyurtma bilan ishlaydi.

Menyuni qayerda to'ldiraman?

laCafe panelidagi menyuda: bo'limlar, taomlar, rasmlar, narxlar, modifikatorlar va tarjimalar. Saytda alohida kiritish kerak emas.

Mehmon ilova o'rnatishi shartmi?

Yo'q. Sayt brauzerda ochiladi va telefon ekraniga qo'shilsa ilovadek ishlaydi. Mehmon SMS kod bilan kiradi — parol yo'q.

O'z domenimni ulasam bo'ladimi?

Ha. restoran.uz yoki order.restoran.uz kabi manzilni ilova sozlamasida qo'shasiz va DNS'da TXT yozuvi bilan tasdiqlaysiz. Sertifikat avtomatik.

Bir restoranda nechta sayt bo'lishi mumkin?

Istalgancha. Masalan, har brend uchun alohida sayt yoki yetkazib berish va zal uchun turli saytlar.